ILK HOSIL MUZRABOTDA YETILDI

Date:

Respublikamizning barcha hudularida boshqa sabzavotlar qatori piyozga bo‘lgan talab katta. Muzrabot tumanida “Bir mahalla-bir mahsulot” tamoyili asosida tumanning “Mehnatobod” mahallasida piyoz urug‘lari ekilgan edi. Bugun mahalla ahli katta ishtiyoq ila qadagan urug‘ hosil berib, pishib yetildi. Ayni damda hosilni yig‘ishtirib olish ishlari qizg‘in kechmoqda.
— Dehqonchilik ota kasb, — deydi fuqaro Safar Musulov. — Hech bir hunaringiz bo‘lmasa-da, yerga urug‘ qadab, hosil olib bo‘lsa-da kun ko‘rish, qora qozonni qaynatish mumkin. Mahalladoshlar qatori o‘zimning 20 sotixlik tomorqamda “Koreya” navli piyoz urug‘larini qadagan edim. Bugungi kunda 20 tonnaga yaqin hosil oldim. Yetishtirgan mahsulotimga xaridor ham tayyor. Bu kelgusida ishimga yanada qiziqish bilan yondashishga shijoat beradi.
Ishbilarmon mahalla ahli piyoz orqali mo‘may daromad olishlari aniq.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Imkoniyatlar kengaymoqda

O‘zLiDeP fraksiyasi rahbari Aktam Xaitov Termiz tumanida faoliyat yuritayotgan...

Yangi tur aniqlandi

O‘zbekiston hududida bo‘ri o‘rgimchaklar oilasiga mansub yangi tur aniqlandi....

Ramazon — mehr va bunyodkorlik oyi

Yurtimizda muqaddas Ramazon oyi “Ramazon — mehr-muruvvat, ahillik va...

Og‘ir toifadan chiqariladi

Denov tumanida viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov 21 gektar maydonda...
KunTun
KunTun