Abiturientlar diqqatiga: Xalq ta’limi vazirligi ogohlartiradi

Date:

Talaba bo‘lish mustaqil hayotga ilk qadam, maqsadlar sari muhim odimdir. Har bir yosh yillar davomida o‘qib, izlanib o‘qishga kirish uchun harakat qiladi. Imtihon esa g‘alvir suvdan ko‘tariladigan va munosiblar saralanadigan bosqich. Ana shu bosqichdan o‘tish uchun avvalo hujjat topshirish siz-u bizga ayon jarayon. Shu vaqtga qadar passport yoshiga yetgan, ammo passport olmagan yoshlar ham bemalol o‘qishga hujat topshirar edi. Xalq ta’limi vazirligi 16 yoshga to‘lgan maktab bitiruvchilaridan o‘z vaqtida pasport (ID karta) olish shart ekanini ogohlantirmoqda. Sababi olmaganlar OTMga hujjat topshira olmaydi.
“OTMlarga abiturientlarning hujjatlari Davlat test markazi tomonidan onlayn tarzda qabul qilinadi. Buning uchun bitiruvchi pasport (ID karta) ma’lumotlarini (jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami – JSHSHIR) kiritish talab etiladi. Shu bois, 16 yoshga to‘lgan bitiruvchilar o‘z vaqtida pasport (ID karta) olishlari zarur”, deyiladi vazirlik xabarida.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun