Shu dargohda o‘qisam edi

Date:

Qumqo‘rg‘on tumanidagi 11-sonli AFCHO‘IMIning bitiruvchi o‘quvchilari Termiz davlat universitetining matematika, fizika va tarix fakultetlarida bo‘lishdi.

Oliygohning moddiy-texnik bazasi, laboratoriyalarda o‘tkazilayotgan tajribalar bilan tanishib, optika fizikasi laboratoriyasida bevosita amaliy tajriba o‘tkazdilar. Shuningdek, IT texnologiyalar sohasida ta’lim jarayonlarining tashkil qilinishi va qo‘lga kiritilayotgan yutuqlar haqida ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. “Qatag‘on qurbonlari” xotira muzeyidagi sayohat unutilmas taassurotlarga boy bo‘lgan bo‘lsa, universitet kutubxonasi, boy ma’naviy xazinalar ham katta qiziqish uyg‘otdi.
Ayniqsa, tarix fakulteti dekani X. Xolmo‘minov va professor-o‘qituvchilar bilan bo‘lgan uchrashuv bitiruvchilarning oliygohda o‘qish ishtiyoqini yanada alangalatdi. Bitiruvchilarning aksariyati “Shu dargohda o‘qisam edi” deya niyat qildilar.

H.Baxtiyorova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Talabalar yengil atletika bahslarida kuch sinashdi

Termiz davlat universiteti sport maydonida oliy ta’lim muassasalari talabalari...

Angorda yer usti yo‘lagi qurilmoqda

Angor tumani Yangi turmush mahallasidan o‘tuvchi Abu Iso at-Termiziy...

“Yashil belbog‘” barpo etilmoqda

Angor tumani Ilg‘or mahallasida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida...

Ishlar qanday ketmoqda?

Qumqo‘rg‘on tumanida “O‘rta shaharlarni kompleks rivojlantirish” loyihasi doirasida 11...
KunTun
KunTun