Hokimlik soatida muhim masalalar muhokama qilindi

Date:

Viloyat hokimligida videoselektor tarzida navbatdagi Hokimlik soati yig’ilishi o‘tkazildi. Unda viloyat, shahar va tumanlar sektor rahbarlari, hokimlik apparati mas’ul xodimlari, aloqador boshqarma va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi. Yig‘ilishni viloyat hokimi To‘ra Bobolov boshqarib bordi.

Dastlab viloyatda hokim yordamchilari tomonidan mahallabay ishlash tizimida olib borilayotgan ishlar ahvoli muhokama qilindi. Shundan so‘ng, hududlarda byudjet va eksport rejasining bajarilishi hamda qishloq xo‘jaligi sohasida sektor rahbarlari tomonidan olib borilayotgan ishlar va dehqon xo‘jaliklarini tashkil etish uchun aholiga elektron tanlov orqali yerlarni ajaraga berish bo’yicha olib borilayotgan ishlar holati tanqidiy muhokama qilindi.

Viloyat rahbari ushbu yo‘nalishlarda xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan mas’ullarga tegishli tartibda ogohlantirish berib, ularni bartaraf etish bo‘yicha muddat belgiladi.

Surxondaryo viloyati hokimligi Matbuot xizmati

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Surxonning  samarqandlik  o‘g‘li

Vatan o‘z farzandlarini matonati, sadoqati, shijoati va beorom qalblari...

Novvoyning holiga  voy

Giyohvand moddalarni iste’mol qilish insonni zalolatga, salomatlikdan ayrilish va...

Iste’molchilar  huquqlari: nazorat  va  natija

Bugungi kunda iste’molchilar huquqlarini ishonchli himoya qilish, sog‘lom raqobat...

Beparvolik  kechirilmaydi

Bugungi kunda viloyatimizda yangi bino va inshootlar qurilishi, ko‘p...
KunTun
KunTun