ZO‘R ISH…
(Hayotiy voqea)

Date:

Bir kuni mashinamda 6 yoshli o‘g‘lim bilan ketayotib, yo‘lda ko‘p qavatli uy ostidagi paynetga pul to‘lash uchun tushdim. Qaytib kelsam, o‘g‘lim yig‘lab o‘tiribdi. Nima gap desam, “Dada anavini qarang!” dedi. Qarasam, yo‘l chetida kiyimlari eski bir kampir taxta ustiga narsa qo‘yib sotib o‘tiribdi.
“Narsalarning sonini qarang, 2-3 ta nos paketi, 2 pachka donali sigaretdan boshqa hech narsa yo‘q”. “Xo‘sh nima qilibdi?” desam, o‘g‘lim: “O‘g‘li yo‘qmi uning? Nega bu axvolda, qorni ochdir, dada, iltimos, mana shu pullarni hammasini shu momoga beraylik”, — deb mashinam baridagi bir siqim pulimni ko‘rsatdi. Nihoyatda ta’sirlanib, bolamning aytganini qilib, pullarning hammasini o‘sha ayolga olib borib berdim. Ayol hang-mang bo‘lib qoldi.
“Nima uchun?” degan savoliga, men kulib: “Shu pulni sizga ilingan insonni duo qilsangiz kifoya”, — dedim. Ayol yig‘lab yubordi, “Ilohim o‘sha odamning umriga baraka bersin, baxtli bo‘lsin, Alloh mukofotlasin” deya duo qilayotganida ichim jimirlab ketdi. Mashinaga qaytib, yo‘lga tushdik.
O‘g‘lim: “Dada, zo‘r ish qildik-a” desa, men javob bermay, boshimni silkitib qo‘ydim. Chunki ko‘zlarimda yosh, ichimda: “Shunday farzand bergan Allohga beadad shukr”, — deb aytayotgan edim.

Sayyora

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Navbatdagi manzil — Surxondaryo

Davlatimiz rahbari tomonidan yoshlar uchun ilgari surilgan tashabbuslarning joylardagi...

Forum – muhim kelishuvlarga yo‘l ochdi

Termiz shahrida Surxondaryo (O‘zbekiston) va Shansi (Xitoy) o‘rtasidagi biznes-forum...

Mahsulotlar eksportga yo‘naltirilmoqda

Oltinsoy tumanidagi Musayev Sherqul fermer xo‘jaligida yetishtirilgan karam mahsulotlari...

Infratuzilma loyihalari kengaymoqda

Boysun tumanida Islom taraqqiyot banki ishtirokida amalga oshirilayotgan xalqaro...
KunTun
KunTun