Oshpazlik ham mahorat

Date:

Viloyatimizdagi kasb-hunar maktablarida “oshpaz-qandolatchi” kasbi bo’yicha tahsil olayotgan bo’lajak oshpaz va qandolatchilarga oshpazlikning bor sir-asrorlari o’rgatib kelinayotir. Buni o’quvchilarning mahoratidan, tayyorlagan taomlari-yu, dasturxonga tortishlaridan bilish, ko’rish mumkin.

Termiz shahar kasb-hunar maktabida bo’lib o’tgan “WorldSkills Uzbekistan” tanlovining viloyat bosqichida kasb-hunar maktablarining o’quvchilari o’z iste’dod va mahoratlarini namoyish etdilar.
Ular 3 ta shart bo’yicha mavsumiy mahsulotlardan salat va desertlar tayyorlashdi. Hakamlar hay’ati eng avvalo, oshpazlarning taom tayyorlashdagi sanitar-gigiyenik holatlariga e’tibor qaratishdi. Taom tayyorlash texnologiyasi, ko’rinishi va mazasiga, qolaversa, vaqtni ham inobatga olishdi.

Tanlov so’nggida Termiz shahar kasb-hunar maktabining yosh oshpazlari birinchi o’ringa loyiq topildi va tanlovning respublika bosqichiga yo’llanmani qo’lga kiritdi.

✒️ S.Normurodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Navbatdagi manzil — Surxondaryo

Davlatimiz rahbari tomonidan yoshlar uchun ilgari surilgan tashabbuslarning joylardagi...

Forum – muhim kelishuvlarga yo‘l ochdi

Termiz shahrida Surxondaryo (O‘zbekiston) va Shansi (Xitoy) o‘rtasidagi biznes-forum...

Mahsulotlar eksportga yo‘naltirilmoqda

Oltinsoy tumanidagi Musayev Sherqul fermer xo‘jaligida yetishtirilgan karam mahsulotlari...

Infratuzilma loyihalari kengaymoqda

Boysun tumanida Islom taraqqiyot banki ishtirokida amalga oshirilayotgan xalqaro...
KunTun
KunTun