Denovda to‘n kiygan Rustam Pardayev Qiziriq tumaniga hokim bo‘ldi

Date:

Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashining navbatdan tashqari qirq to‘rtinchi sessiyasi o‘tkazildi.
Sessiya ishida Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov ishtirok etdi. Unda tumanning barcha sohalardagi ko‘rsatkichlari yaxshi emasligi, aholiga qulay sharoitlar yaratish borasida yetarli darajada ish olib borilmayotganligi hamda kelgusida bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar haqida so‘z yuritildi.
Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi. Yusupov Ilhom Elmurodovich tuman hokimi vazifasidan ozod qilindi. Denov tumani hokimi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan Pardayev Rustam Ubodullayevich Qiziriq tumani hokimi etib tasdiqlandi.
R.Pardayev 1979- yil 7- aprelda Qiziriq tumanida tug‘ilgan. 2006- yil Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi iqtisodchi.
Mehnat faoliyati davomida AT “Mikrokreditbank” Jarqo‘rg‘on va viloyat filiali boshqaruvchisi, viloyat iqtisodiyot va hududlarni kompleks rivojlantirish bosh boshqarmasi, investitsiyalar bosh boshqarmasi, investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i, viloyat hokimining moliya-iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari, 2020 -yildan to shu kungacha Denov tumani hokimi lavozimida ishlagan.
Ma’lumot uchun, I.Yusupov 2020- yilning 11 -iyul kunidan Qiziriq tumani hokimi lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yangi hamkorlik tizimi joriy etiladi

Hukumatning 2026-yil 9-yanvardagi 8-son qarori bilan oliy ta’lim tashkilotlari...

Notarial harakatlar onlayn tarzda…

“Notarial harakatlarni videokonferensaloqa rejimi orqali amalga oshirish tartibi to‘g‘risida”gi...

Kerakli choralar ko‘rildi

Surxondaryo viloyati Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi hamda...

Muammosi hal

Turmushdagi og‘ir sharoitlar sababli uysiz qolib, birovlarning uyida yashab...
KunTun
KunTun