Denov tumaniga yangi hokim tayinlandi

Date:

Xalq deputatlari Denov tumani Kengashining bugun o‘tkazilgan navbatdan tashqari sessiyasida tashkiliy masala ko‘rildi. Pardayev Rustam Ubodullayevich boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan tuman hokimi vazifasidan ozod qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonalari faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish kotibiyatining mudiri lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan Allamuradov Abdumalik Abduqodirovich Denov tumani hokimi etib tasdiqlandi.

A.Allamuradov 1977 – yil 17-aprelda Termiz tumanida tug‘ilgan. 1998 – yilda Toshkent davlat universiteti, 2003- yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.

Mehnat faoliyati davomida Prokuratura, Adliya, Ichki ishlar organlari tizimida turli lavozimlarda, 2019-2020 -yillar Surxondaryo viloyatidagi Tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonasi mudiri, 2020- yildan shu kunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonalari faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish kotibiyatining mudiri lavozimida ishlagan.

Sessiyada Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov ishtirok etdi va so‘zga chiqdi.

Ma’lumot uchun, R.Pardayev 2020 -yilning 5- noyabr kunidan Denov tumani hokimi lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Murojaatnoma — amaliy harakatlar markazida

Surxondaryo viloyatida Nodavlat notijorat tashkilotlari uyida O‘zbekiston Ekologik partiyasi...

Xurmo ko‘chatlari tarqatildi

Uzun tumanida aholi va dehqon xo‘jaliklarida zamonaviy bog‘lar barpo...

Shaffoflik va ochiqlik tamoyillari asosida

Surxondaryo viloyatida Xalqaro ingliz tili olimpiadasi (ELO) viloyat bosqichi...

 “Ekologiyaga oid qonunlarni bilasizmi?”

2025-yildan boshlab har yili yanvar–mart oylarida O‘zbekistondagi 14–17 yoshdagi...
KunTun
KunTun