Sho‘rchida To‘ra Bobolovning sayyor qabuli bo‘lib o‘tmoqda

Date:

Ushbu kontent faqat obunachilar uchun

Iltimos, ushbu kontentni ochish uchun obuna bo'ling. Kirish uchun elektron pochtangizni kiriting.
Sizning elektron pochta manzilingiz spamdan 100% xavfsiz!

Ayni paytda Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov boshchiligida, viloyat Xalq qabulxonasi mudiri, boshqarma va tashkilotlar, tuman hokimi, sektor rahbarlari ishtirokida SHo‘rchi tumanida sayyor qabul o‘tkazilmoqda.

Elbayon mahallasida yashovchi Hamro Omonqulovning mahalla hududidagi QVP binosini qurish ishlarini yakunlash bo‘yicha viloyat hokimiga qilgan murojaatiga asosan, qurilish ishlari uchun zarur bo‘lgan mablag‘ni ajratish va 2 oy muddatda qurilish ishlarini yakunlash bo‘yicha mas’ullarga topshiriq berildi.

Shuningdek, Baxtigul Qo‘shoqova viloyat hokimiga murojaat qilib, Guliston mahallasi hududidagi o‘zi rahbarlik qilayotgan 7-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti binosini zamonaviy tarzda jihozlashda amaliy yordam so‘radi. Viloyat rahbari fuqaroning ushbu murojaatini ham tingladi va shu yerning o‘zida mas’ul ijrochilarga 25 kun muddatda ushbu ishlarni yakunlash bo‘yicha topshiriq berdi va bu ishlar qat’iy nazoratga olindi.

Bobotog‘ mahallasida yashovchi, 2-guruh nogironi Iqboloy Hayitova ham viloyat hokimiga murojaat qilib, yashab turgan uyining qurilish ishlarini yakunlashda amaliy yordam so‘radi. Bunga javoban ushbu murojaat qisqa muddatda atroflicha o‘rganilib, zarur bo‘lgan qurilish materiallari yetkazib berilishi ma’lum qilindi.

Sayyor qabulda murojaatlarning aksariyati joyida ijobiy yechim topilmoqda, muddat talab qilinadigan ichimlik va oqova suvi, ichki yo‘llarni ta’mirlash, elektr energiyasi ta’minotidagi muammolar, tibbiy xizmat ko‘rsatish, uy-joylarni ta’mirlash, obodonlashtirish sohalaridagi masalalar yuzasidan mutasaddi tashkilotlar rahbarlariga qonuniy hal etish bo‘yicha topshiriqlar berilmoqda.

Sayyor qabul davom etmoqda. To‘liq tafsilotlar mahalliy telekanal orqali namoyish etilishi ma’lum qilinadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ijtimoiy yordamlar shaffof va manzilli

Vazirlar Mahkamasining 25-fevraldagi 78-son qaroriga muvofiq “Yoshlar daftari” jamg‘armasi...

Ustamasi bor

Prezident farmoni bilan 2026—2028-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlari va...

YHQ jarimasi ustidan shikoyat

Yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar bugun asosan avtomatik...

Tajribasi g‘alabaga eltadi

Sport vaziri Adkham Ikramovning navbatdagi tashrif manzili Termiz shahridagi...
KunTun
KunTun