Obodonlashtirish bo‘yicha seminar

Date:

Sherobod tumanining “Cho‘mishli” mahallasi hududida joylashgan Imom Abu Iso Muhammad at-Termiziy yodgorlik majmuasida diniy soha vakillari, qabriston va ziyoratgohlarda faoliyat yurituvchi masʼullar hamda nuroniylar ishtirokida seminar tashkil etildi. Avvalo, seminar ishtirokchilari buyuk bobokalonimizning qabrini ziyorat qilib, Qur’on tilovat qildilar. So‘ng tashkiliy ishlarga o‘tilib, qabriston va ziyoratgohlar hududlarini tartibga keltirish, obodonlashtirish ishlari qanday olib borilgani, shuningdek, qabrlarning joylashuvi, ro‘yxatga olish, raqamlash, qabr toshlari va boshqa belgilarni o‘rnatish jarayonlari ko‘zdan kechirildi.

Xalqimiz xayr-u saxovatni birinchi o‘ringa qo‘yib, yaxshilik ulashishni odat qilgan. Shu sababdan ham obodlik ishlarini boshlashdan avval elga osh berib, ulug‘larning, nuroniylarning duolarini oldilar. Imom Abu Iso Muhammad At-Termiziy majmuasida dasturxon yozilib, 10 ga yaqin doshqozonda yorma taomi tayyorlandi va xalqqa ulashildi.

Sohibjamol

Oldingi sahifa“Eng kitobxon maktab” loyihasi
Keyingi sahifaTarbiya

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Imtiyozlar imkoniyat yaratadi

Surxondaryo viloyatida Prezidentning kichik biznesni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan yangi farmoni...

Narkotik savdosining oldi olindi

“Termiz xalqaro savdo markazi” erkin savdo zonasida o‘tkazilgan tezkor...

Nazorat kuchaytirildi

Surxondaryo viloyatida ekologiya va chegara qo‘shinlari hamkorligida o‘tkazilgan reyd...

O‘ziga ishonchi ortdi

Termiz shahridagi voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazida tarbiyalanayotgan...
KunTun
KunTun