“Eng kitobxon maktab” loyihasi

Date:

Yoshlarni kitobga jalb etish, mutolaaga qiziqtirish uchun turli tadbirlar, kechalar, tanlovlar tashkil etilayotir. Eng ko‘p kitob o‘qib uqqanlarga mukofot ham tayin — “Spark” avtomobili. Qolaversa, rahbar va hurmatga sazovor shaxslarning maktablarga kitob sovg‘a qilish aksiyalari negizida ham o‘g‘il-qizlarimizni kitobxonlikka jalb qilish maqsadi mujassam. Xo‘sh, mana shunday targ‘ibot-tashviqot va chorlovlarga yoshlarning javobi qanday? Ular haqiqatan kitobga oshno bo‘lishdimi?

Angor tumanidagi 1-sonli umumta’lim maktabida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 13-sentabrdagi PQ-3271-sonli qarori ijrosi doirasida tashkil etilgan “Eng kitobxon maktab” loyihasi orqali yuqoridagi savollarga javob topish mumkin bo‘ldi. Loyihaga tuman hokimi Qosim Mardonov, “Oltin qalam” milliy mukofoti sohibi Shokirjon Ohunjonov ham ishtirok etib, yoshlar taqdiriga befarq emasligini yana bir bor ko‘rsatdilar.
O‘quvchilarning kitobga bo‘lgan mehrini oshirish va ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlarini ta’minlash maqsadida o‘tkazilgan tadbirda loyihaning mazmun-mohiyati tushuntirildi. Shundan so‘ng, so‘z navbati o‘quvchi-yoshlarga berildi. Ular berilgan imkondan foydalanib, qanchalar kitobxon ekanliklarini isbotladilar. Eng kitobxon o‘quvchilar esa tadbir so‘nggida maktablari reytingini ko‘tarishga xizmat qilib, munosib taqdirlandilar.

H.Baxtiyorova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Narkotik savdosining noqonuniy kanali fosh etildi

Davlat xavfsizlik xizmatining Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan...

Sifatsiz tovar va xizmatlar: huquqiy yechim qayerda?

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali majlislar zalida «Yuksalish»...

Imkoniyatlar va muammolar o‘rganildi

Angor tumani hokimi Qosim Mardonov «Angor karvonsaroy» savdo kompleksida...

Bir bayroq — bir xalq, bir maqsad

Termiz tumani hokimligi tadbirlar maydonida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i...
KunTun
KunTun