Xayriya sumalak ulashildi

Date:

Sumalak — o‘zbekning milliy taomi bo‘lishi bilan birga vitaminlarga kon-u foyda. Tanga darmon, immunitetni ko‘taruvchi kuchga ega. Sumalakning aynan bahor ayyomida tayyorlanishida ham bir hislat bor.
Momolarimizning ezgu niyat ila bug‘doy o‘stirishlari, doshqozonlarda qaynatishlarining o‘zi qizg‘in va ajoyib jarayon. Sumalak qaynayotgan xonadonga uzoqdan va yaqindan kelganlarning bari jam bo‘lib, hamroh, hamsuhbat bo‘lishadi. Sumalak pishirish jarayoni katta saylga, bayramga aylanib ketadi. Ertasi kuni esa sumalakdan tatib ko‘rishlari uchun qo‘ni-qo‘shnilarga ilinamiz. Xursandchiligimizga sherik qilamiz.
Ha, sumalak pishirish xalqimizda qadriyat tusini olgani rost. Denov tumani tibbiyot birlashmasining jonkuyar jamoasi ham yaxshi niyat ila bug‘doy o‘stirdilar, dardmanlarga shifo, yurtimiz ertasi nurafshon bo‘lishligini tilab, sumalak pishirdilar.
— Mazali va betakror taomda bir qancha darmondorilar bor, – deydi tuman tibbiyot birlashmasi hamshiralik ishi bo‘yicha bosh mutaxassis Zulfiya Allamuradova. — Insonga quvvat baxsh etadigan xususiyatga ega. Har bahor kelishi bilan birinchilardan bo‘lib sumalak pishiramiz. Anʼanani bu yil ham davom ettirdik.
Erta tongdan esa bemorlarga va ularning yaqinlariga xayriya sumalak ulashilib, ko‘ngil uylari obod etildi.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Koʻprik foydalanishga shay

Sherobod tumanida xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan M-39 va M-41...

Bayramga tuhfa

O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilinganining o‘ttiz uch yilligi arafasida vohamizning...

Yoshlarga munosib tuhfa

Tashabbusli byudjetning 2025-yil 1-mavsumi doirasida Denov tumanidagi O‘zbekiston MFY...

Termiz shahrida 1,5, Muzrabot tumanida 6,0 kilometr…

Surxondaryo viloyatida aholi farovonligi va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga xizmat qiluvchi...
KunTun
KunTun