Qiymati 7 milliard so‘mga teng

Date:

Boysun tumani viloyat markazidan anchagina olis hududda joylashgan bo‘lib, shaharga kelish uchun boysunliklar bir necha yuzlab kilometr masofani bosib o‘tishlariga to‘g‘ri keladi. Endi esa poytaxtga borishni tasavvur qilaylik. Ayniqsa, yo‘l bosadigan kimsa, bemor bo‘lsachi? Yo‘l haqiqiy azobga aylanishi turgan gap.
Tumanning “Obi” mahallasi hududida “Firdavs nevmedical” MChJ tomonidan umumiy qiymati 7 milliard so‘mga teng bo‘lgan tibbiy klinikaning qurilishi boshlab yuborilgani esa sog‘ligida shikoyati bor, tibbiy tekshiruv va muolajaga muhtoj tuman ahlining uzog‘ini yaqin, muammosini hal qiladi. Endi tuman markazi yoki poytaxtga borishlariga hojat qolmaydi, sababi ishga tushirilajak klinikada zaruriy barcha tibbiy jihozlar va uskunalar o‘rnatiladi. Malakali va o‘z ishining ustalari bo‘lmish tibbiyot xodimlari jalb etiladi.
Ayni paytda esa klinikaning pardozlash va moddiy texnik-bazalar bilan ta’minlash ishlari olib borilmoqda. Jarayon bilan tanishish maqsadida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Hazratqul Xo‘jamqulov, tuman hokimi hamda mutasaddi rahbarlar klinikaga tashrif buyurdilar. Tanishuv davomida ushbu klinikaning ish boshlashi bilan tibbiy xizmatning yaxshilanishi, aholiga qulaylik yaratilishi borasida so‘z yuritildi.

S.Murodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Koʻprik foydalanishga shay

Sherobod tumanida xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan M-39 va M-41...

Bayramga tuhfa

O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilinganining o‘ttiz uch yilligi arafasida vohamizning...

Yoshlarga munosib tuhfa

Tashabbusli byudjetning 2025-yil 1-mavsumi doirasida Denov tumanidagi O‘zbekiston MFY...

Termiz shahrida 1,5, Muzrabot tumanida 6,0 kilometr…

Surxondaryo viloyatida aholi farovonligi va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga xizmat qiluvchi...
KunTun
KunTun