Ish haqi oldindan to‘lab berildi

Date:

Ish haqi ham bir rag‘bat. U ishimizga bo‘lgan ishtiyoq bilan birga, o‘zimizga bo‘lgan ishonchi ham oshiradi. Joriy yilda yetishtirilgan hosilni nes-nobud qilmay, qisqa fursatlarda yig‘ishtirib olish uchun o‘rim-yig‘imga puxta tayyorgarlik ko‘rish bugungi kunda dolzarb ahamiyatga ega. Uzun tumanida mavjud bo‘lgan 15 ta g‘alla o‘rish kombaynlarini sifatli ta’mirlash ishlariga bu yil har galgidan ham ertaroq kirishildi.
Maqsad bitta — mavsumga puxta hozirlik ko‘rish va rejani qisqa fursatlarda bajarish. Tuman prokuraturasining sa’y-harakati bilan g‘alla o‘rimi mavsumida qatnashadigan kombaynchilarga 60 000 000 so‘m ish haqlari tarqatildi. Bu esa o‘rimda qatnashadigan ishchilarning g‘ayratiga g‘ayrat qo‘shib, yanada zavq bilan ishlashga ishtiyoq bermoqda. Buni ularning yuz-ko‘zlaridan, aytayotgan so‘zlaridan bilish qiyin emas.

Sohibjamol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

9 oylik faoliyat sarhisob qilindi

Surxondaryo viloyati sudida 2026-yilning yanvar–sentyabr oylarida odil sudlovni ta’minlash,...

Maktab sig‘imi 660 o‘ringa kengaydi

Ta’lim muassasalarida o‘quv o‘rinlarini ko‘paytirish va zamonaviy sharoitlarni yaratish...

Bola rivojida o‘yinning kuchi

Bolaning har tomonlama rivojlanishida o‘yin faoliyati muhim o‘rin tutadi....

Noyob ko‘rshapalak qayd etildi

Tabiatda kam uchraydigan va hali yetarlicha o‘rganilmagan jonivorlarni aniqlash...
KunTun
KunTun