Termiz tumanida yangi anorzor barpo etildi

Date:

Termiz tumanida foydalanilmayotgan yer maydonlarini obod maskanlarga aylantirish va yashil hududlarni kengaytirish borasida navbatdagi tashabbus amalga oshirildi.

O‘zbekiston Ekologik partiyasi Termiz tuman Kengashi tashabbusi bilan At-Termiziy mahallasidagi 8 sotix bo‘sh yer maydonida 65 tup anor ko‘chati ekilib, yangi bog‘ tashkil etildi.

Unda partiya faollari, viloyat va tuman Kengashi xodimlari, Termiz davlat universiteti professor-o‘qituvchilari hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Tashabbus nafaqat hududni ko‘kalamzorlashtirish, balki yoshlar o‘rtasida ekologik madaniyatni yuksaltirishga ham xizmat qiladi. Endilikda ekilgan ko‘chatlarni parvarishlash va saqlash orqali bog‘ning yashil maskan sifatida rivojlanishi ta’minlanadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Surxondaryoda 2 ming tup manzarali daraxt ekildi

Yashil hududlarni kengaytirish va atrof-muhitni asrashga qaratilgan “Yashil makon”...

Termiz tumanida yangi anorzor barpo etildi

Termiz tumanida foydalanilmayotgan yer maydonlarini obod maskanlarga aylantirish va...

Qiziriqda 9,2 kilometr ichki yo‘l asfaltlandi

Aholi uchun qulay yo‘l infratuzilmasini yaratish, mahallalar obodligini ta’minlash...

Bandixonda Yangi yil shukuhi

Bandixon tumanida Yangi yil bayramini munosib kutib olish uchun...
KunTun
KunTun