Inspektor xizmat xonasida bo‘lmasa

Date:

Fuqarolar mahalladagi profilaktika inspektori xizmat xonasida bo‘lmagan vaqtda ham unga murojaat qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Buning uchun xizmat xonalari eshiklarida maxsus aloqa tugmalari o‘rnatiladi. Hukumatning 2026-yil 25-noyabrdagi 639-son qarori bilan “Fuqarolarning profilaktika inspektoriga aloqa tugmalari orqali xabar yuborish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.

Yangi tartibga ko‘ra, aloqa tugmasi bosilganda murojaat yoki xabar profilaktika inspektorining xizmat uchun ajratilgan plansheti yoxud mobil qurilmasiga ovozli signal orqali yetkaziladi. Inspektor kelib tushgan murojaatni besh daqiqa ichida qabul qilish choralarini ko‘rishi shart. Murojaat uni birinchi bo‘lib qabul qilgan profilaktika inspektori tomonidan o‘rganiladi. Zaruratga ko‘ra, masala ichki ishlar organlarining boshqa sohaviy xizmatlari yoki vakolatli davlat organlariga yo‘naltirilishi mumkin.

Murojaatlar belgilangan tartib va muddatlarda ko‘rib chiqiladi, natijasi bo‘yicha fuqaroga javob xati yuboriladi. Aloqa tugmalarining sozligi va ishlash holati hududiy ichki ishlar organlari tomonidan nazorat qilinadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Inspektor xizmat xonasida bo‘lmasa

Fuqarolar mahalladagi profilaktika inspektori xizmat xonasida bo‘lmagan vaqtda ham...

Ayollar uchun yangi daromad manbayi

Xotin-qizlar bandligini ta’minlashda ularning mavjud imkoniyatlari va qiziqishlariga mos...

Iste’dod va imkoniyatlar namoyishi

Insonning imkoniyatlarini namoyon etishi uchun unga sharoit va qo‘llab-quvvatlash...

Har bir bola oilada ulg‘ayishi uchun

Bola uchun eng yaxshi muhit — oila bag‘ri. Biroq...
KunTun
KunTun