Ayni vaqtda Oliy Majlis Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi majlisi bo‘lib o‘tmoqda. Unda Surxondaryo viloyatidan Xalq deputatlari viloyat Kengashi kotibiyati mudiri Sherpo‘lat Boyqulov, Kengashning Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi Gennadiy Kravchenya hamda komissiya a’zolari qatnashmoqda.
Majlis kun tartibidan bojxona sohasidagi huquqbuzarliklarga qarshi kurashish mexanizmlarini takomillashtirish, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, Sirdaryo viloyatining ayrim hududlari chegaralarini o‘zgartirishga oid qonun loyihalarini dastlabki ko‘rib chiqish masalalari o‘rin olgan.
Shuningdek, majlis mahalliy Kengashlar faoliyatida qonuniylikni ta’minlash, korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari yuzasidan tajriba almashish imkonini bermoqda. Unda ishtirok etish qonunchilikdagi yangiliklarni o‘rganish hamda hududlarda vakillik organlari faoliyatini takomillashtirishga xizmat qiladi.

