Talaba-yoshlar giyohvandlikka qarshi kurashga chaqirildi

Date:

Yoshlar salomatligini asrash, ularni zararli odatlardan himoya qilish va sog‘lom turmush tarziga yo‘naltirish maqsadida Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti Mexanika va konchilik ishi fakultetida “Biz giyohvandlikka qarshimiz!” shiori ostida davra suhbati o‘tkazildi.

Unda universitet profilaktika inspektori Sh. Aliyarov, fakultet rahbariyati, tyutorlar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Muloqot davomida giyohvandlikning inson salomatligi, ijtimoiy hayoti va kelajagiga yetkazadigan zarari, uning og‘ir oqibatlari hamda bunday holatlarning oldini olishda profilaktikaning ahamiyati haqida so‘z yuritildi. Shuningdek, yoshlarning zararli illatlarga nisbatan murosasiz munosabatini shakllantirish va sog‘lom hayot tarziga amal qilish muhimligi ta’kidlandi.

Tadbir yakunida talaba-yoshlar sog‘lom turmush tarzini tanlash, zararli odatlardan yiroq bo‘lish va o‘z kelajagi uchun mas’uliyatni his etishga chaqirildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Suv ta’minoti qamrovi 90 foizga yetkaziladi

O‘zbekistonda 2030-yilgacha aholini markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlash darajasini...

Muhim qonun loyihalari ko‘rib chiqilmoqda

Ayni vaqtda Oliy Majlis Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari...

Talaba-yoshlar giyohvandlikka qarshi kurashga chaqirildi

Yoshlar salomatligini asrash, ularni zararli odatlardan himoya qilish va...

Uchinchi Renessans g‘oyalari targ‘ib qilindi

Denov tumanidagi 82-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Uch ming...
KunTun
KunTun