Uchinchi Renessans g‘oyalari targ‘ib qilindi

Date:

Denov tumanidagi 82-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Uch ming yillik ildiz va Uchinchi Renessans: tarixiy vorislik, milliy o‘zlik va ma’naviy meros” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan bayram tadbiridagi ma’ruzasida belgilangan yettita ustuvor vazifa ijrosini ta’minlash doirasida o‘tkazildi. Unda tumandagi umumta’lim maktablarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari ishtirok etdi.

Tadbirda ma’rifat targ‘ibotchilari mavzuning mazmun-mohiyatini yoritib, xalqimizning boy tarixiy va ma’naviy merosini asrab-avaylash, yosh avlodda milliy o‘zlikni anglash tuyg‘usini mustahkamlash hamda ajdodlar merosini kelajak avlodlarga yetkazish masalalariga to‘xtaldi.

Shuningdek, tarixiy vorisiylikni ta’minlash, milliy qadriyatlarni keng targ‘ib qilish va Uchinchi Renessans poydevorini mustahkamlash borasida fikr va takliflar bildirildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Suv ta’minoti qamrovi 90 foizga yetkaziladi

O‘zbekistonda 2030-yilgacha aholini markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlash darajasini...

Muhim qonun loyihalari ko‘rib chiqilmoqda

Ayni vaqtda Oliy Majlis Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari...

Talaba-yoshlar giyohvandlikka qarshi kurashga chaqirildi

Yoshlar salomatligini asrash, ularni zararli odatlardan himoya qilish va...

Uchinchi Renessans g‘oyalari targ‘ib qilindi

Denov tumanidagi 82-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Uch ming...
KunTun
KunTun