Kitobxonlikni qo‘llab-quvvatlash, aholining barcha qatlamlari uchun mutolaa imkoniyatlarini kengaytirish va kitobga bo‘lgan qiziqishni rag‘batlantirishda kutubxonalarning sayyor xizmatlari muhim o‘rin tutadi. Ayniqsa, ko‘zi ojiz kitobxonlarga uyida xizmat ko‘rsatish ularning ma’naviy ehtiyojlarini qondirish va axborot olish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.
Shu maqsadda Surxondaryo viloyat ko‘zi ojizlar maxsus kutubxonasining Qumqo‘rg‘on tuman filiali xodimlari tumandagi Surxon sohili mahallasida yashovchi I guruh nogironligi bo‘lgan kitobxon Soatova Xadicha xonadoniga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida kitobxonga ovozli o‘qish xizmati ko‘rsatilib, mutolaa orqali bilim va ma’lumot olishiga ko‘maklashildi. Bunday sayyor xizmatlar kitobxonlarning kitobga bo‘lgan qiziqishini qo‘llab-quvvatlash, ularning ma’naviy hayotini boyitish hamda kutubxona xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga yordam beradi.

