“Mehr daftari”: 68 nafar yosh qo‘llab-quvvatlandi

Date:

Angor tumanida “Mehr daftari” doirasida yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan tizimli ishlar davom etmoqda. Bugungi kunga qadar 68 nafar yoshga ta’lim olish, haydovchilik kurslarida o‘qish, tadbirkorlik faoliyatini boshlash, davolanish, uy-joyini jihozlash, kiyim-bosh va boshqa ehtiyojlari uchun amaliy yordam ko‘rsatildi.

Shuningdek, tumandagi 2 ta oilaviy bolalar uyini ta’mirlash uchun 64 million so‘mlik qurilish materiallari yetkazib berildi. Umuman, “Mehr daftari” doirasida Angor tumanida 399 million 380 ming 520 so‘mlik ijtimoiy yordam ko‘rsatildi.

Bunday manzilli ko‘mak yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan yoshlarning ta’lim olishi, kasb-hunar egallashi, mustaqil hayotga qadam qo‘yishi hamda munosib sharoitda ulg‘ayishiga xizmat qilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Liftlar nazoratda

O‘zbekistonda ko‘p kvartirali uylardagi liftlarning xavfsiz va soz holatda...

“X1” sinovdan o‘tdi

Elektr aviatsiyasi rivojida navbatdagi muhim qadam tashlandi. AQSHning Heart...

Qumqo‘rg‘onda ekoturizm rivojlantiriladi

Xorijiy investitsiyalarni jalb etish va hududlarning turizm salohiyatidan samarali...

“Tasmasoy” finalga yo‘l oldi

Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning sport va...
KunTun
KunTun