E’tibor va g‘amxo‘rlik inson hayotini o‘zgartiradi

Date:

Jamiyatda inson qadrini ulug‘lash, ayniqsa, e’tibor va ko‘makka muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash muhim vazifalardan biridir. Oltinsoy tumanida bu boradagi amaliy ishlar inson taqdiriga befarq bo‘lmaslik naqadar katta o‘zgarishlarga sabab bo‘lishini ko‘rsatmoqda.

Oltinsoy tumani “Jobu” mahallasida yashovchi, 1966-yilda tug‘ilgan Abilov Xasan Muhammadiyevich uzoq yillar davomida e’tibordan chetda yashab kelgan. Aqliy rivojlanishidagi o‘ziga xoslik sababli u shaxsini tasdiqlovchi hujjatga ham ega bo‘lmagan.

Mahalla ijtimoiy xodimi Axmedov Elmurod Ergashovich fuqaroning holatini o‘rganib, unga zarur ko‘makni tashkil etdi. Avvalo, Xasan akaning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari rasmiylashtirilib, so‘ng tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi va shifokorga biriktirildi. Unga dori-darmon, psixologik va huquqiy yordam ko‘rsatildi. Shuningdek, oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berilib, mavsumiy moddiy yordam ko‘rsatildi.

Bu kabi amaliy ishlar inson qadrini ta’minlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash va ularning jamiyatdagi huquqiy hamda ijtimoiy maqomini tiklashga xizmat qilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Uzun tajribasi “Qushchilik” mahallasida

Hududlararo hamkorlik doirasida Uzun tumani mas’ullaridan iborat ishchi guruh...

Jasminadan oltin natija

Sherobod tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi Sadatova Jasmina Sobir qizi...

Daromadi 100 million…

      Yer — inson hayotining eng muhim va bebaho...

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...
KunTun
KunTun