Sharqiy Xitoy pedagogika universiteti bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi

Date:

Sharqiy Xitoy pedagogika universitetining Markaziy Osiyo tadqiqotlari markazi direktori, professor Lu Gang boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Muloqotda Surxondaryodagi dolzarb ekologik muammolar, jumladan, chang bo‘ronlarining kelib chiqish sabablari va ularning oqibatlarini ilmiy o‘rganish, shuningdek, qo‘shma ilmiy-amaliy loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar talabalar va professor-o‘qituvchilar uchun 3 va 6 oylik akademik almashinuv dasturlarini yo‘lga qo‘yish, qo‘shma tadqiqotlar va ilmiy stajirovkalarni tashkil etish, shuningdek, xitoy tili o‘qituvchilarini vohaga jalb etish bo‘yicha kelishib oldilar.

Sharqiy Xitoy pedagogika universiteti Xitoy milliy reytingida 29-o‘rin, ARWU reytingida 201–300, THE reytingida 251–300, QS reytingida esa 394-o‘rinda qayd etilgan. Universitetning qariyb 10 ta fan yo‘nalishi TOP-100 talikka kirgan. Xususan, pedagogika yo‘nalishi bo‘yicha Xitoyda 2-o‘rin, THE reytingida esa 50-o‘rinni egallaydi.

Mazkur hamkorlik Surxondaryoning ekologik muammolarini xalqaro ilmiy tajriba asosida o‘rganish, qo‘shma tadqiqotlarni rivojlantirish hamda talabalar va professor-o‘qituvchilar uchun yangi akademik imkoniyatlar yaratishga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Raqiblaridan ustun keldi

Toshkent shahrida muaytay sport turi bo‘yicha U-23 yosh toifasi...

Maktablar qishga shaymi?

Qiziriq tumanidagi umumta’lim maktablarida kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish, o‘quvchilar...

Surxondaryo tajribasi Qoraqalpog‘istonda

Qoraqalpog‘iston Respublikasining Taxiatosh tumanida Surxondaryo viloyati tajribasi asosida bir...

Innovatsion loyihalar saralandi

Termiz yoshlar texnoparkida “O‘zgarayotgan dunyo uchun ilg‘or innovatsiyalar” shiori...
KunTun
KunTun