Surxondaryo yangi hamkorliklar ostonasida

Date:

Surxondaryoning investitsiyaviy salohiyatini xalqaro maydonda keng namoyon etish, yangi hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish va hudud iqtisodiyotiga xorijiy sarmoyalarni jalb etish borasida muhim qadam tashlanmoqda. Joriy yilning 14–16-avgust kunlari “Termiz xalqaro savdo markazi” erkin savdo zonasida ilk bor “Surxondaryo – Xitoy” investitsiya forumi o‘tkaziladi.

Forumda mingdan ortiq mahalliy va xorijiy tadbirkor, jumladan, Xitoyning 289 ta kompaniyasi vakillari hamda Afg‘onistondan 50 nafardan ziyod tadbirkor ishtirok etishi kutilmoqda.

Anjuman doirasida umumiy qiymati 1,2 milliard dollar bo‘lgan 10 ta investitsiya va turizm loyihasi bo‘yicha kelishuvlarga erishish rejalashtirilgan. Ular orasida Sariosiyo tumanida ko‘mirni kimyoviy qayta ishlash, Termiz tumanida “Aquapark” turizm loyihasini amalga oshirish, neft-gaz manbalarini qidirish va energetika yo‘nalishlarini rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi texnikalarini ishlab chiqarish kabi istiqbolli loyihalar bor.

Shuningdek, Termiz shahrida avtomobilsozlik, robototexnika, avtomatlashtirish va innovatsion texnologiyalar yo‘nalishlarida Xitoy tajribasi asosida kasb-hunar maktabini tashkil etish bo‘yicha hamkorlik qilish ko‘zda tutilmoqda.

Forum ishtirokchilari uchun “B2B”, “B2G” va “G2G” uchrashuvlari tashkil etilib, tadbirkorlar va investorlar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot va yangi biznes aloqalarini yo‘lga qo‘yish imkoniyati yaratiladi.

Forum nafaqat iqtisodiy hamkorlik, balki Surxondaryoning sayyohlik va madaniy salohiyatini namoyish etish uchun ham muhim maydon bo‘ladi. Mehmonlarga vohaning tog‘-kon sanoati imkoniyatlari, “Made in Uzbekistan” ko‘rgazmasi hamda Hakim Termiziy majmuasi, Fayoztepa va Qoratepa kabi tarixiy yodgorliklar taqdim etiladi.

Mazkur forum Surxondaryoning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish, yangi ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish loyihalarini jalb etish, zamonaviy texnologiyalar va yangi ish o‘rinlarini yaratish yo‘lida muhim xalqaro platformaga aylanishi kutilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kitobga oshno yoshlar

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi arafasida Bojxona boshqarmasida yosh...

Kitobxon oila — ma’naviyatli jamiyat poydevori

Qumqo‘rg‘on tumani Axborot-kutubxona markazida “Biz — kitobxon oilamiz!” tanlovining...

Iqtidorlar kashf etildi

Surxondaryoda maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan “Jajji nurli...

Huquqiy baho berildi

Sho‘rchi tuman ichki ishlar bo‘limi binosida jinoyat ishlari bo‘yicha...
KunTun
KunTun