Tartib, sifat va narx nazoratda

Date:

Aholini sifatli va xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash, bozorlarda savdo madaniyati hamda narxlar barqarorligini ta’minlash maqsadida Bandixon tuman dehqon oziq-ovqat bozorida nazorat tadbiri o‘tkazildi.

Tuman prokurori B. Toshpo‘latov hamda “Yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish” bo‘yicha tuman ishchi guruhi ishtirokida o‘tkazilgan o‘rganishda bozor hududining sanitariya-gigiyena holati, oziq-ovqat mahsulotlarining saqlanish sharoiti va sifati, narx-navolarning asossiz oshirilishining oldini olish hamda savdo jarayonlarining shaffofligiga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, bozor ma’muriyati va mutasaddi tashkilotlarga hudud tozaligini muntazam nazorat qilish, savdo madaniyatini yuksaltirish, narxlar barqarorligini ta’minlash, nazorat-kassa texnikalaridan samarali foydalanish hamda naqd pulsiz hisob-kitoblar ulushini kengaytirish yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

O‘rganish yakunida kunlik tushumlarni monitoring qilish, ijara va bozor yig‘imlarini shaffof yuritish hamda aholiga qulay va sifatli xizmat ko‘rsatish masalalari doimiy nazoratga olinishi ta’kidlandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Uzun tajribasi “Qushchilik” mahallasida

Hududlararo hamkorlik doirasida Uzun tumani mas’ullaridan iborat ishchi guruh...

Jasminadan oltin natija

Sherobod tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi Sadatova Jasmina Sobir qizi...

Daromadi 100 million…

      Yer — inson hayotining eng muhim va bebaho...

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...
KunTun
KunTun