Yiliga 50 million so‘m daromad

Date:

Sho‘rchi tumani “Xurlik” mahallasida yashovchi Nurjamol Berdiyeva o‘z tomorqasidan samarali foydalanib, 4 sotix yer maydonida issiqxona tashkil etgan holda bulg‘or qalampiri yetishtirmoqda. U mehnati evaziga yiliga 40–50 million so‘m daromad olishga erishmoqda.

Tadbirkor ayolning aytishicha, issiqxona ishlari doimiy parvarish, sabr va e’tibor talab qiladi. Har bir ko‘chatga alohida g‘amxo‘rlik qilishgina barqaror hosil va yuqori daromadni ta’minlaydi.

Bu tajriba shuni ko‘rsatadiki, farovonlik yirik resurslardan emas, balki mavjud imkoniyatdan oqilona foydalanish va mehnat madaniyatidan boshlanadi. Tomorqadan samarali foydalanish esa bugungi kunda aholi daromadini oshirishning muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Bremen musiqachilari” Turkiya sahnasida namoyish etildi

Surxondaryo viloyati qo‘g‘irchoq teatri ijodiy jamoasi Turkiyaning Chine shahrida...

“Zakovat”: otalar va farzandlar bilim maydonida

Termiz shahridagi 12-sonli umumta’lim maktabida “Otalar yig‘ilishi” doirasida otalar...

Rahbarlar shaxsiy namuna ko‘rsatmoqda

Sariosiyo tumanida sog‘lom turmush tarzini ommalashtirish, aholining jismoniy faolligini...

Tibbiyotda ustoz-shogird an’analari: 51 yillik bitiruvchilar uchrashuvi

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filialida Samarqand davlat tibbiyot...
KunTun
KunTun