60 ta mahalla qamrab olingan

Date:

Surxondaryo viloyatining beshta tumanida Islom taraqqiyot banki hamda BMT Taraqqiyot dasturi ishtirokida amalga oshirilayotgan “Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish” loyihasining ikkinchi bosqichi doirasida 60 ta mahallani qamrab olgan 237 ta subloyiha amalga oshirilmoqda.

Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Muzrabot tumanidagi “Darband” mahallasida mazkur dastur doirasida hayotga tatbiq etilayotgan ijtimoiy va infratuzilma loyihalari ijrosi bilan joyida tanishdi. Xususan, 39-sonli umumta’lim maktabini 120 o‘rinli yangi o‘quv binosi va 50 o‘rinli oshxona qurish orqali rekonstruksiya qilish, 13 kilometr elektr tarmoqlarini yangilash, 3 ta transformator punkti barpo etish, 4 kilometr ichki yo‘llarni ta’mirlash, energiyatejamkor tungi yoritish chiroqlarini o‘rnatish hamda ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash maqsadida 27,8 kilometr tarmoq tortish ishlari bo‘yicha mas’ullarning axborotlari tinglandi.

Ushbu loyihalarni amalga oshirish uchun jami 13 milliard 230 million so‘m mablag‘ ajratilgan. Viloyat rahbari mahalla nuroniylari va faollari bilan suhbat chog‘ida loyihalar ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, amalga oshirilayotgan ishlar aholi turmush sharoitini real yaxshilashga xizmat qilishi zarurligini ta’kidladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Jayhun” milliy san’atimizni tarannum etdi

Milliy san’at va madaniyatimizni xalqaro maydonda keng targ‘ib etish,...

“Ijtimoiy taraqqiyot uchun” maydonga chiqdi

Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda Oliy ta’lim, fan va...

Kitob oʻqib, damas yutdi

Kitob mutolaasi insonning dunyoqarashini kengaytirib, tafakkurini boyitadi. Ayniqsa, davlat...

Paxta terimiga tayyorgarlik ko‘rildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Angor tumanidagi «Zamin Angor...
KunTun
KunTun