Muhim loyihalar muhokamada

Date:

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov navbatdagi qabuli doirasida Rossiya Federatsiyasining “Grin Vorld Forestri” MCHJ bosh direktori Viktor Skovorodnikov hamda investor Filip Bolotov bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda investorlar bilan hamkorlikda Surxondaryo viloyati hududida pavloniya hamda boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishni tashkil etish loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi. Xususan, Sherobod tumanida pavloniya yetishtirish loyihasining borishi yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

Shuningdek, hamkorlikni kengaytirish, mahsulot yetishtirish hajmlarini ko‘paytirish masalalari muhokama qilinib, kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Surxondaryoda 2 ming tup manzarali daraxt ekildi

Yashil hududlarni kengaytirish va atrof-muhitni asrashga qaratilgan “Yashil makon”...

Termiz tumanida yangi anorzor barpo etildi

Termiz tumanida foydalanilmayotgan yer maydonlarini obod maskanlarga aylantirish va...

Qiziriqda 9,2 kilometr ichki yo‘l asfaltlandi

Aholi uchun qulay yo‘l infratuzilmasini yaratish, mahallalar obodligini ta’minlash...

Bandixonda Yangi yil shukuhi

Bandixon tumanida Yangi yil bayramini munosib kutib olish uchun...
KunTun
KunTun