Qumoy — zaif va lokal tarqalgan tur

Date:

Qumoy zaif, tabiatan kamyob va lokal tarqalgan, o‘troq tur sifatida O‘zbekiston Qizil kitobi hamda Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi Qizil ro‘yxatiga kiritilgan. Shuningdek, CITES va Bonn konvensiyalarining II ilovalaridan ham joy olgan.

Bu qush O‘zbekistonning Hisor, Gʻarbiy Tyan-Shan va Turkiston tog‘lari hududlarida (asosan, uyalash va ko‘chish davrida) uchraydi. U tog‘larning o‘rta va yuqori qismlarida (dengiz sathidan 2000–5200 m balandlikda) yashaydi. Qoyalarda yakka juft yoki kichik koloniya bo‘lib uyalaydi. Fevral – mart oylarida bolalaydi. Asosan, tuyoqlilar o‘laksasi bilan oziqlanadi.

Qumoyning soni doimiy kam bo‘lgan. Hisor tog‘larida sanoqli uyalash hollari (16 qushdan iborat gala) qayd etilgan, boshqa joylarda ham kamdan-kam uchraydi. Global populyatsiyasi (100–500 mingta) so‘nggi yillarda 25–29 foizga qisqargan.

Jahongir Xadiyatullayev,

“Surxon” davlat qo‘riqxonasi “Sholqon” bo‘limi boshlig‘i

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qo‘sha qarish saodati

Oila — mehr, sadoqat va o‘zaro hurmat bilan mustahkamlanadigan...

Bolajonlar uchun yomg‘irli shou tashkil etildi

Yozning issiq kunlarida bolalarning ko‘nglini ko‘tarish va yozgi ta’tilni...

193 ta murojaatning 26 tasi joyida hal

Fuqarolar va tadbirkorlarning murojaatlarini tezkor va manzilli hal etish...

Ustoz tashabbusi yoshlarga qanot

Yoshlarni zamonaviy bilim va ko‘nikmalar bilan qurollantirish, ularning ta’lim...
KunTun
KunTun