Topshiriqlar aniq, ijrosi muhim

Date:

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Boysun tumaniga tashrifi davomida hududdagi tog‘-kon sanoati loyihalari ijrosi bilan tanishdi. Taqdimot jarayonida sanoat tarmoqlari uchun mo‘ljallangan ko‘mir qazib olish, qayta ishlash va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish jarayonlarini samarali tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

“Mustaqillikning 25 yilligi” konida yuzaga kelgan texnogen holatni bartaraf etish maqsadida xorijiy mutaxassislar jalb etilgani va ular bilan birgalikda amaliy yechimlar ishlab chiqilayotgani ma’lum qilindi. Shuningdek, hokim “Boshrabot” mahallasida infratuzilmani yaxshilash, aholi turmush darajasini oshirish hamda “Taraqqiyot va yetakchilik maskani” dasturi doirasidagi topshiriqlar ijrosini ko‘zdan kechirdi.

Viloyat rahbari mas’ullarga sanoat samaradorligini oshirish va mahallalarda manzilli rivojlanish ishlarini jadallashtirish bo‘yicha aniq vazifalarni belgilab berdi.

Tashrif davomida Boysunning iqtisodiy salohiyatini oshirish va aholining hayot sifatini yaxshilashga qaratilgan tashabbuslar dolzarb ahamiyat kasb etdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Imtihonda imtiyozi bor

Ta'limda teng imkoniyatlarni ta'minlash, alohida ta'lim ehtiyojiga ega bolalar...

Sun’iy intellekt yordam beradi

Raqamli texnologiyalarni davlat xizmatlariga keng joriy etish fuqarolarga qulaylik...

Sud qarori endi shart emas

Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning...

Ming gektardan oʻn ming tonna hosil…

Qishloq xo‘jaligida yer maydonlaridan oqilona foydalanish va takroriy ekinlarni...
KunTun
KunTun