Ta’lim tizimida jismoniy tarbiyaning o‘rni 

Date:

Yosh avlodni ham jismoniy, ham aqliy jihatdan yetuk va komil etib tarbiyalash vazifasi oldimizga qo‘yilgan ekan, bu ikki tarbiyaviy yo‘nalishni uyg‘un holda olib borish va samaradorligini ta’minlash bosh masala hisoblanadi. O‘quvchilar jismoniy tarbiyasi jarayonida umumiy va xususiy vazifalar hal qilinadi. Umumiy vazifalar – bilim berish, jisman tarbiyalash va sog‘lomlashtirishdan iborat.

Maktab yoshining 6-11 yoshlilarda (1-4 sinflar) organizm tabiiy rivojlanishida bo‘ladi. Biz uni garmonik rivojlanishini yo‘lga qo‘yishimiz kerak bo‘ladi. Markaziy nerv tizimidagi boshqarish funksiyasi, harakat tayanch apparati faoliyati ishini, yurak-tomir, nafas olish organlari ishini yanada rivojlantirishga e’tibor beriladi, bulardan tashqari, qomatni to‘g‘ri tuta bilishga o‘rgatiladi. Bu jarayonga shaxsiy gigiyena qoidalariga oid bilimlar qo‘shib berish bilan tarbiya jarayoni yo‘lga qo‘yiladi.

12-15 yoshlilarda (5-9 sinflar) jismoniy mashqlar o‘sayotgan yosh organizmga samarali ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun jismoniy sifatlarni rivojlanishiga qulay imkoniyatlar ochilgan bo‘ladi. Jismoniy tarbiyaning jismoniy bilimlar berish vazifasi hayotda uchraydigan harakat malakalarini ratsional texnikasi bilan tanishtirish (gimnastika, yengil atletika, sport o‘yinlari, velosipedda yurish va sport taktikasi)ga oid oz bo‘lsa ham nazariy tushuncha berishdir. Jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish natijasida sport mahoratini oshayotganligini, jismoniy madaniyatni jamiyatdagi roli va ahamiyatini tushuntirish jarayoni yo‘lga qo‘yiladi.

16-18 yoshdagi o‘quvchilarning organizmi yoshi ulg‘aygan sari baquvvatlashadi. Jismoniy tarbiya esa bu jarayonni yanada kuchaytirishga yo‘naltiriladi. Jismoniy mashqlar bilan tizimli shug‘ullanish ta’lim tizimining shu yoshdagilarida ish qobiliyatini yaxshilash, asosiy harakat faoliyatlari uchun chidamlilik zahiralarini oshirish, o‘z tanasini boshqara olish, kuch, tezkorlik, chaqqonlik va boshqa har kim jismonan garmonik tarbiya alomatlarini chuqurlashtirishga e’tiborni qaratadi.

Organizm o‘sib borar ekan, uning funksional imkoniyatlarini oshib borishi ham tabiiy. Oldin egallangan harakat malakalari zahirasi bazasida yangi, keyin egallanishi lozim bo‘lgan harakat malakalari uchun poydevor yaratiladi. Bu yoshdagilarda ularning jismoniy madaniyat sohasidagi bilimlarni boyitish, sport mashg‘ulotlari asoslari, sportchini o‘z-o‘zini nazorat qilish qoidalariga o‘rgatish maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Akbar Haqqulov,

Termiz davlat universiteti o‘qituvchisi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Muvaffaqiyati tahsinga loyiq

Qumqo‘rg‘on tumani ixtisoslashtirilgan maktabi o‘quvchisi Aliyarova Farangiz ona tili...

Suv tejalib, hosildorlik oshiriladi

So‘nggi yillarda suv resurslaridan oqilona foydalanish, suv yo‘qotishlarini kamaytirish...

Madhiyam — faxrim

Davlat madhiyasi — xalqimizning g‘ururi, Vatanimizning sha’ni va istiqlol...

Mashg‘ulotlar ko‘lami kengaydi

Aholining xavfsizligini ta’minlash va favqulodda holatlarga tayyorgarlik darajasini oshirish...
KunTun
KunTun