Denov namunasi ko‘chatchilikda

Date:

Bugun bozorlarimizga yetkazib berilayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda nafaqat dehqon va fermerlar, balki aholining ham munosib hissasi bor. Birgina Denov tumanida 430 mingdan ortiq aholi istiqomat qilib kelmoqda.  57 647 ta tomorqa yer maydonlaridan fuqarolar unumli foydalanib kelishmoqda.

Tumanning asosiy drayveri dehqonchilik va chorvachilikni tashkil etadi.”O‘zgarish” mahallasida gulchilik va ko‘chatchilik bilan shug‘ullanib kelayotgan O‘rolboy Mahmudov 18 yildan beri yerga mehr qo‘yib, ekin ekib, daromad olmoqda.  U shu davr ichida ichki bozorda, balki tashqi bozorlarda Rossiya, Qirg‘iziston va Italiya davlatlariga ham gul ko‘chatlarini yetkazib bermoqda.

Hozirda 20 turdan ortiq gul va manzarali daraxt ko’chatlarini parvarishlamoqda. “Bir mahalla – bir mahsulot tamoyili” asosida qo‘ni-qo‘shni va mahalla ahli tomorqasida ham ko‘chatchilikni yo‘lga qo‘ygan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Stadion zamonaviy talablarga moslashtiriladi

Sport infratuzilmasini rivojlantirish, yoshlar uchun qulay sharoit yaratish va...

TerDUda yangi loyihalar amalga oshiriladi

Ta’lim, sport va dam olish uchun zamonaviy infratuzilma yaratish...

Ekstremizm: huquqiy mexanizmlar kuchaytirilmoqda

Jamiyat xavfsizligini ta’minlash va fuqarolar huquqlarini himoya qilishda ekstremizmning...

Obod mahalla, baxtli bolalik

Bolalar uchun qulay, xavfsiz va zamonaviy muhit yaratish —...
KunTun
KunTun