Hozirlik qizgʻin

Date:

Sharqona Yangi yil sanalmish Navro‘z umumxalq bayramiga qizg‘in tayyorgarlik ishlari davom etayotir. Milliy urf-odat va an’analarni o‘zida mujassam etgan, qator milliy sport o‘yinlari va ko‘tarinki ruhdagi bayram tadbirlari bu yil ham yuksak saviyada o‘tkazilsdi.

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahridagi “San’at saroyi” majmuasida bayram tadbirlariga tayyorgarlik jarayonlari bilan tanishdi. U yerda konsert dasturlari, sayllar davomida namoyish etiladigan tomoshalar uchun ishlab chiqilgan liboslar va dekoratsiyalar taqdimoti o‘tkazildi. Shuningdek, hokim majmua hududidagi obodonlashtirish ishlarini ko‘zdan kechirib, daraxt ko‘chatlari ekish tadbirida ishtirok etdi.

Shundan so‘ng, viloyat rahbari O‘zbekiston Respublikasi sport vaziri Adham Ikramov bilan birga “Surxon arena” sport majmuasida bo‘lib, u yerdagi rekonstruksiya ishlari bilan tanishdi. Viloyatda sport, xususan, futbolni rivojlantirish, mahalliy klublar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash borasida belgilangan chora-tadbirlar muhokama qilindi.

Tashrif doirasida viloyat hokimi Termiz tumanida joylashgan “Uchqizil” suv ombori bo‘yida amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihalar taqdimoti bilan tanishdi. Ushbu loyihalar o‘tgan haftada berilgan ko‘rsatma va tavsiyalar asosida ishlab chiqilgan master-rejaga muvofiq ishlab chiqilgan. Shu munosabat bilan tuman rahbarlari va mutasaddilarga tadbirkorlarning istiqbolli loyihalarini tanlab olish va amalga oshirish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sifat, xalqaro mezonlar va yangi imkoniyatlar

Termiz iqtisodiyot va servis universitetiga Alvis Pathway xalqaro ta’lim...

Milliy meros targ‘ibotchilari saralandi

Milliy qadriyatlar — xalqning o‘zligi, tarixiy xotirasi va ma’naviy...

Teatr sahnasida hayot saboqlari

Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti talabalari Termiz shahridagi...

Suv ta’minotining yangi tizimi yaratilmoqda

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimovning tuman hududlarini o‘rganishi davomida...
KunTun
KunTun