Ustoz onadek qadrli va suyukli. Ularga ixlosimiz, ehtiromimiz baland. 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni esa ularning qalbini shod etish uchun eng yaxshi bahona aslida. Sana munosabati bilan Termiz davlat universitetining barcha fakultetlarida ustozlar, talaba-qizlar ehtirom bilan qarshi olindi.
Eʼtiborlisi, talaba yigitlar tomonidan bayram egalariga samimiy tilaklar bildirildi, sovg‘alar ulashildi. Bunday hurmat-ehtirom barcha ayol-qizlarimizga bayramona kayfiyat ulashdi.

