Ham hunar o‘rganadi

Date:

Qiz bola dunyoviy bilimlarni egallash bilan birga ro‘zg‘or tutumini bilishi, pazanda bo‘lishi, xushxulqliligi eng yaxshi zebdir. Shu sabab oliygohlarda ustozlar talaba-qizlarni obdon kuzatishadi, kelinlikka nomzodlar izlashadi. Sovchilar ham birinchi bo‘lib, oliygoh eshigini qoqib, qiz bolaning fazilatlilarini qidirishadi.
Termiz davlat universiteti esa qizlarda ta’lim berish, mutaxassislik sirlarini o‘rgatish bilan birga yangi hayotga tayyorlash ishlariga-da bosh-qosh. Bo‘lajak oila bekalari, tadbirli, tikish-bichishni, pishir-kuydirni bilsa, yomonmi? Bu bilan oilasiga yordami tegadi-ku!
An’anaga ko‘ra universitet rektori A.Toshqulov navbatdagi milliy libos va san’at fakulteti professor-o‘qituvchilari bilan uchrashdi. Unda milliy libos, kashtachilik, to‘qimachilik, yengil sanoat va dizayn yo‘nalishi o‘qituvchilari o‘quv laboratoriya jarayonlarida ishlab chiqarish loyihalarini taqdim qilishdi.
Mas’ullar tomonidan taklif etilgan 3 ta loyihadan 2 tasi universitet mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan bo‘ldi. Bu loyihalarning ishga tushirish orqali TTJ uchun kerak bo‘ladigan choyshablarni o‘zimizda ishlab chiqarish va sotish imkoniyati vujudga keladi. Bundan tashqari, milliy libos va kashtachilik to‘garaklari faoliyatini kengaytirish orqali milliylikni o‘zida mujassam etgan zamonaviy libos va janda matosini ishlab chiqarish faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sifat, xalqaro mezonlar va yangi imkoniyatlar

Termiz iqtisodiyot va servis universitetiga Alvis Pathway xalqaro ta’lim...

Milliy meros targ‘ibotchilari saralandi

Milliy qadriyatlar — xalqning o‘zligi, tarixiy xotirasi va ma’naviy...

Teatr sahnasida hayot saboqlari

Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti talabalari Termiz shahridagi...

Suv ta’minotining yangi tizimi yaratilmoqda

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimovning tuman hududlarini o‘rganishi davomida...
KunTun
KunTun