Suvni tejash texnologiyalari joriy qilindi

Date:

Bahor nafasi esib turgan kunlarda borliqni yanada go‘zallashishiga o‘z hissamizni qo‘shishga bel bog‘laganmiz. Sa’y-harakatlarimiz ham ayni niyat va maqsadimizga mos va xos. Ishonmasangiz, Sherobod tumani hududidan o‘tuvchi M-39 Termiz-Toshkent avtomobil yo‘li bo‘ylab ketaversangiz, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ekilgan ko‘chatlarining yashnab turganini ko‘ring, kuzating.
39,5 kilometr masofaga teng bu hududda 2 qatordan 10 qatorgacha bo‘lgan tartibda jami 45 ming 928 dona eldor qarag‘ayi (sosna), tut, chinor kabi daraxtlar ekilgan. Hududda yomg‘ir suvlarini yig‘ib, tomchilatib sug‘orish texnologiyasi joriy qilingan.
“O‘zbekiston–2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid Davlat dasturida aynan yomgʻir va oqova suvlardan hamda suv tejovchi texnologiyalardan samarali foydalanishga qaratilgan zamonaviy sug‘orish tizimini yo‘lga qo‘yish kerakligi alohida qayd etilgan. Suvni tejash bugungi davrda dolzarb masalaga aylangan. Sheroboddagi kabi texnologiyalar esa daraxtlarni sug‘orishda suvdan samarali foydalanish imkonini yaratadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

90 nafar bola uchun yangi bog‘cha

Maktabgacha ta'limni rivojlantirish va bolalarni sifatli ta'lim bilan qamrab...

“Ko’mak”dan ko‘mak olib

Bandixon tumanida yoshlarning bilim olishi, zamonaviy kasb va tillarni...

Sizga sharaf bo‘lsin!

Vatanga sadoqatli, fidoyi va malakali harbiy kadrlarni tarbiyalash har...

Milliy qadriyatlar ulug‘landi

Milliy o‘yinlar xalqning tarixi, qadriyati va tarbiya an'analarini o‘zida...
KunTun
KunTun