Motokrosschilar Jarqo‘rg‘onda

Date:

Motokross – mototsikl sportining eng mashhur yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, ilk bor XX asrning boshlarida Buyuk Britaniyada paydo bo‘lgan. Ushbu sport turi dastlab «scrambles» nomi bilan tanilib, 1924-yilda rasmiy musobaqalar tashkil etilgan. Keyinchalik Fransiya, Belgiya va boshqa Yevropa mamlakatlarida ham ommalasha boshlagan.
Motokross o‘yinlari 1950-yillardan boshlab jahon miqyosida musobaqalar shaklida tashkil etila boshlandi. 1957-yilda Xalqaro motokross federatsiyasi (FIM) tomonidan ilk rasmiy jahon chempionati o‘tkazildi.
Hozirda bu sport turi butun dunyo bo‘ylab ommalashgan bo‘lib, O‘zbekistonda ham turli musobaqalar tashkil etilib kelinmoqda. Jarqo‘rg‘on tumanida o‘tkazilgan motokross musobaqasi motokrossga qiziquvchi yoshlarni ushbu sportga yanada yaqinlashtirib, mamlakatda ekstremal sportni rivojlantirishga hissa qo‘shishga xizmat qilayotir.
“Vatanparvar” tashkiloti Surxondaryo viloyati kengashi rahbariyati va Jarqo‘rg‘on tuman hokimligi, viloyat huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari va hamkor tashkilotlar rahbarlari, 10 ming nafarga yaqin uyushgan va uyushmagan aholi, yoshlar, respublikamizning turli hududlaridan tashrif buyurgan 100 nafardan ortiq sportchi hamda OAV vakillari ishtirokida musobaqaning ochilish marosimi o‘tkazildi.
Mahalliy sportchilarimiz bilan bir qatorda Rossiya, Italiya, Mongoliya, Tojikiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston davlatlaridan kelgan ishtirokchilar ham qatnashdi.
Sportchilar balandlik va notekis yo‘llarda tezlik, muvozanat hamda chidamlilik bo‘yicha bahs olib borishdi. Tomoshabinlar esa hayajonli poygalarga guvoh bo‘lishdi. G‘oliblar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qishga tayyorgarlik qizg‘in

Sariosiyo tuman hokimi Abduqodir Donayev boshchiligidagi ishchi guruh tumandagi...

Kontraktni hokimliklar qoplaydi

O‘zbekiston hukumati qaroriga muvofiq, mahalliy hokimliklar har yili ehtiyojmand...

Kuzda ham bahoriy kayfiyat ulashib

Jarqo‘rg‘on tumani bo‘ylab obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari izchil davom...

Yangi agentlik tashkil etiladi

«Yengil sanoat sohasida yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish...
KunTun
KunTun