Na pasport, na mehnat va pensiya daftarchasi…

Date:

«O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi Qonun qabul qilindi (O‘RQ-1030-son, 13.02.2025 y.) Unga ko‘ra, Mehnat kodeksiga «Yagona milliy mehnat tizimi» idoralararo dasturiy-apparat majmuida elektron shakldagi mehnat shartnomasini rasmiylashtirish tartibini joriy etishni, ish haqi saqlanmaydigan ta’til davomiyligini belgilash tartibini va xodimning o‘rtacha ish haqini hisoblash tartibini o‘zgartirishni nazarda tutuvchi qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilmoqda.

Davlat organlari va tashkilotlarida ishga qabul qilish chog‘ida shaxsning pasporti yoki ID-kartasini, mehnat va pensiya daftarchasiga oid ma’lumotlarni talab qilmasdan, mustaqil ravishda, shu jumladan, axborot tizimlaridagi idoralararo integratsiyalashuv platformalari orqali so‘rab olish belgilandi.Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sifat, xalqaro mezonlar va yangi imkoniyatlar

Termiz iqtisodiyot va servis universitetiga Alvis Pathway xalqaro ta’lim...

Milliy meros targ‘ibotchilari saralandi

Milliy qadriyatlar — xalqning o‘zligi, tarixiy xotirasi va ma’naviy...

Teatr sahnasida hayot saboqlari

Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti talabalari Termiz shahridagi...

Suv ta’minotining yangi tizimi yaratilmoqda

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimovning tuman hududlarini o‘rganishi davomida...
KunTun
KunTun