Tadbirkorlik rivojlanadi

Date:

Tadbirkorlik rivojlansa, sanoat salohiyati oshirilsa, davlat yuksaladi, har jihatdan oʻsish kuzatiladi. Shu sabab viloyatimizda ham soha rivojiga katta eʼtibor qaratilib, mahalliy mahsulotlarni xalqaro bozorga chiqarishga qaratilgan chora-tadbirlar izchil davom etmoqda. Jumladan, mahsulotlar sifatini tekshirish, standartlash, sertifikatlash va xalqaro talablarga moslashtirish bo‘yicha maslahat xizmatlari ko‘rsatish hamda eksport jarayonlarini qo‘llab-quvvatlash ishlari tizimli tashkil etilmoqda.

Shu maqsadda, Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov O‘zbekiston Milliy metrologiya instituti DK, “O‘zTest” DUK va Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi davlat inspeksiyasining viloyat filiallari faoliyati bilan tanishdi. Mutasaddilar tomonidan korxonalarning o‘tgan yildagi faoliyati, ko‘rsatilayotgan xizmatlar va kelgusi rejalar haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, korxonalar faoliyatini rivojlantirish, eksport jarayonlarini yengillashtirish, xizmat turlarini kengaytirish va ularning sifatini oshirish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Shundan so‘ng, Angor tumanidagi “Yangi turmush” mahallasda joylashgan kichik sanoat zonasida ishga tushirilayotgan loyihalar va Termiz shahridagi “Shimoliy darvoza” suv ishlab chiqarish inshooti hududida 3 MVt quvvatli quyosh fotoelektr stansiyasini barpo etish ishlari bilan tanishildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

HOSIL MO‘L BO‘LSIN DESANGIZ…

Qishloq xo‘jaligi ekinlarining hosildorligini oshirishda o‘tin va ko‘mir kulining...

Ijara tizimida moliyaviy rag‘bat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2025-yil uchun xususiylashtirish dasturi to‘g‘risida”gi Farmoni...

Taraqqiyot va adolat poydevori

Yangi O‘zbekiston taraqqiyot bosqichida bosh mezon bitta: xalq manfaatlari...

Qutlug‘ ayyom 10 kun davom etadi

Surxondaryo zaminida bahorning ilk nafasi sezilishi bilan ko‘ngillarda o‘zgacha...
KunTun
KunTun