Safimizda korrupsiyaga o‘rin yo‘q

Date:

Janubi-G‘arbiy maxsus harbiy okrug tasarrufidagi Termiz garnizonida joylashgan harbiy qismda Surxondaryo viloyati Mudofaa ishlari boshqarmasining shahar va tuman bo‘limlarida o‘tgan yil sarhisobi hamda 2025-yilda profilaktik yo‘nalishda amalga oshiriladigan tadbirlar yuzasidan tahliliy ruhdagi davra suhbati o‘tkazildi.
Ushbu tadbirda Janubiy operativ qo‘mondonlik boshlig‘i, Termiz harbiy prokurori, huquqni muhofaza qilish organlari hodimlari hamda shahar va tumanlardagi mudofaa ishlar bo‘limlarida faoliyat olib borayotgan harbiy xizmatchilar va Qurolli Kuchlar ishchi xizmatchilari ishtirok etdi.
Ushbu tadbirda so‘z olganlar korrupsiya bilan bog‘liq jinoyatlarning turlari va ularning salbiy oqibatlari, bu turdagi jinoyatlar uchun qonunchilikda belgilangan javobgarlik va jazo muqarrarligi haqida tushunchalar berildi. Shu bilan birgalikda sohada, 2024 yilda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar hamda 2025 yildagi ustuvor vazifalar to‘g‘risida alohida to‘xtalib o‘tdi.
Uchrashuv yakunida huquqni muhofaza etuvchi organ xodimlari ishtirokchilarning savollariga atroflicha javob berishdi.

Akbar AHMEDOV,
III darajali serjant

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sifat, xalqaro mezonlar va yangi imkoniyatlar

Termiz iqtisodiyot va servis universitetiga Alvis Pathway xalqaro ta’lim...

Milliy meros targ‘ibotchilari saralandi

Milliy qadriyatlar — xalqning o‘zligi, tarixiy xotirasi va ma’naviy...

Teatr sahnasida hayot saboqlari

Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti talabalari Termiz shahridagi...

Suv ta’minotining yangi tizimi yaratilmoqda

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimovning tuman hududlarini o‘rganishi davomida...
KunTun
KunTun