“Huquqiy mahalla” loyihasi amalda

Date:

Jarqo‘rg‘on tumani, “Yangi turmush” mahallasida Adliya vazirining 2024-yil 12-noyabr kunidagi “Adliya organlari tomonidan aholining huquqiy muammolarini hal etish tizimini tashkil etish hamda fuqarolarning qonunlarda mustahkamlanib qo‘yilgan huquq va qonuniy manfaatlarining ta’minlanishi holatini monitoring qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 384-um-son buyrug‘ining 7-bandi ijrosi yuzasidan “Huquqiy mahalla” loyihasi amalga oshirilmoqda.
Mazkur loyiha doirasida Jarqo‘rg‘on tuman adliya bo‘limi xodimlari tomonidan mahallada uyma-uy yurgan holda fuqarolarning mavjud muammolari so‘rovnoma asosida o‘rganilib, aniqlangan muammolarni bartaraf qilish choralari ko‘rilmoqda. Shuningdek, loyiha doirasida ijtimoiy himoya yagona reyestriga kiritilgan fuqarolar bilan individual tarzda shugʻullanilmoqda hamda tashkilotlar bilan hamkorlikda ishlanib, fuqarolarga tibbiy va boshqa xizmatlar koʻrsatilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Nazorat kuchaytirildi

Surxondaryo viloyatida ekologiya va chegara qo‘shinlari hamkorligida o‘tkazilgan reyd...

O‘ziga ishonchi ortdi

Termiz shahridagi voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazida tarbiyalanayotgan...

Sifat ko‘rsatkichi muhim

Pedagogika yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talabalar bilimini tashqi diagnostikadan o‘tkazish...

Yoshlar fikri islohotlar markazida

“Yuksalish” harakati va Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar...
KunTun
KunTun