Ayrim magistrlar o‘qish xarajatlarini o‘zi qoplaydi

Date:

2025-yil davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun ijrosini ta’minlash maqsadida Prezident qarori bilan davlat oliy ta’lim muassasalari (OTM) magistraturasiga qo‘shimcha qabul asosida o‘qishga kirgan talabalar uchun ta’lim krediti ajratilishiga oid yangi cheklovlar joriy etildi.
Hukumatning 2021-yil 18-avgustdagi 527-son qarori 1-ilovasi 3-bandining 4-xatboshisiga kiritilgan o‘zgartishlarga muvofiq, endilikda:
Davlat OTM magistraturasiga qo‘shimcha qabul parametrlari asosida o‘qishga qabul qilingan abituriyent va talabalarning tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt to‘lovlarini amalga oshirish uchun ta’lim krediti ajratilmaydi. Ushbu cheklov tabaqalashtirilgan to‘lov-kontraktning minimal miqdoriga teng bo‘lgan boshqa bir martalik to‘lovlarga ham tatbiq etiladi.
Vazirlar Mahkamasining 527-son qarorida ta’lim kreditlarini ajratish tartiblariga oid nizom tasdiqlangan bo‘lib, unda «super kontrakt» asosida o‘qishga kirgan talabalar uchun ta’lim krediti berilmasligi belgilangan edi. Mazkur qaror ta’lim tizimidagi moliyaviy intizomni mustahkamlash va ta’lim kreditlari bo‘yicha mavjud mexanizmlarni samarali boshqarishga qaratilgan.
Kelgusida barcha abituriyentlar va talabalarga moliyaviy rejalarini puxta o‘ylab tuzish tavsiya etiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

TDMAU — xalqaro energetika alyansiga a’zo

Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti Xitoyga amalga oshirilgan...

Imtiyozli kreditlar natijadorligi o‘rganildi

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputatlari tomonidan “24-tavsiya” ijrosi...

Inklyuziv ta’lim: teng imkoniyatlar sari

Bugungi kunda maktabgacha va maktab ta’lim tashkilotlarida inklyuziv guruhlar...

“Xotira bor ekan — millat barhayot!”

9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Termiz...
KunTun
KunTun