OP foydalanishga topshirildi

Date:

Aholi salomatligini mustahkamlash, kasalliklarning oldini olish maqsadida chekka hududlargacha oilaviy poliklinikalar, shifokorlik punktlari qurilmoqda, mavjudlari qayta rekonstruksiya qilinib, zaomaviy qiyofa kasb etish bilan birga zarur jihoz, texnologiyalar bilan ta’minlanayotir. Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ham bir yil avval Sariosiyo tumani Dashnobod qishlog‘ida aholi bilan muloqot qilib, hududdagi eski, zamon talablariga javob bermaydigan oilaviy poliklinika uchun yangi bino qurib berilishini aytgan edi.
O‘tgan vaqt davomida mahalliy byudjet va homiylik mablag‘lari hisobiga ushbu qishloqdagi 65-sonli oilaviy poliklinikaning 1978-yilda qurilgan binosi o‘rnida, zamonaviy, barcha sharoitlarga ega, zarur tibbiy asbob-uskunalar hamda jihozlar bilan ta’minlangan yangi binosi qurildi. Mazkur tibbiyot maskanining yangi binosi foydalanishga topshirildi. Tadbirda viloyat hokimi, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, faollar va nuroniylar hamda tibbiyot sohasi xodimlari ishtirok etdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sifat, xalqaro mezonlar va yangi imkoniyatlar

Termiz iqtisodiyot va servis universitetiga Alvis Pathway xalqaro ta’lim...

Milliy meros targ‘ibotchilari saralandi

Milliy qadriyatlar — xalqning o‘zligi, tarixiy xotirasi va ma’naviy...

Teatr sahnasida hayot saboqlari

Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti talabalari Termiz shahridagi...

Suv ta’minotining yangi tizimi yaratilmoqda

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimovning tuman hududlarini o‘rganishi davomida...
KunTun
KunTun