Bolajonlar harbiylar davrasida

Date:

Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug tasarrufidagi Termiz garnizonida joylashgan harbiy qismda Angor tumanidagi alohida taʻlim ehtiyojlari boʻlgan koʻzi ojiz bolalar uchun ixtisoslashtirilgan “Nurli maskan” maktab-internati o‘quvchilari uchun “Ochiq eshiklar” kuni o‘tkazildi.

Qurolli Kuchlarimiz tashkil etilganligining 33 yilligi munosabati bilan “Yangi O‘zbekiston armiyasi — mamlakat tayanchi, xalqimiz faxri!” shiori ostida boshlangan “Vatanparvarlik” oyligi doirasida bo‘lib o‘tgan tadbir qiziqarli lahzalarga boy bo‘ldi.

Uchrashuvda Vatanimiz tinchligi, yurtimiz osoyishtaligi va yosh avlod baxt-u kamoloti uchun olib borilayotgan islohotlar alohida ta’kidlandi. Tadbirda harbiy orkestr jamoasining Vatanni tarannum etuvchi kuy-qo‘shiqlari, faxriy qorovul hamda qo‘l jangi ustalarining ko‘rgazmali chiqishlari yoshlarga bir olam quvonch bag‘ishladi. O‘quvchilarga harbiy qism qo‘mondonligining esdalik sovg‘alari topshirildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Suv ta’minoti qamrovi 90 foizga yetkaziladi

O‘zbekistonda 2030-yilgacha aholini markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlash darajasini...

Muhim qonun loyihalari ko‘rib chiqilmoqda

Ayni vaqtda Oliy Majlis Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari...

Talaba-yoshlar giyohvandlikka qarshi kurashga chaqirildi

Yoshlar salomatligini asrash, ularni zararli odatlardan himoya qilish va...

Uchinchi Renessans g‘oyalari targ‘ib qilindi

Denov tumanidagi 82-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Uch ming...
KunTun
KunTun