Profilaktik tadbirlar o‘tkazildi

Date:

Bayramlarning ko‘p va xo‘b bo‘lgani yaxshi. Ammo xavfsizlik choralarini ham ko‘rib qo‘yish, bayramni ko‘ngildagidek o‘tishini kafolatlaydi. Yangi yil bayramini kutib olish tadbirlarida turli xil ko‘ngilsiz hodisalarning oldini olish maqsadida Angor tumanida aholi gavjum yig‘iladigan, bayram archalari o‘rnatiladigan barcha obyektlarda, maktab va maktabgacha ta’lim muassasalarida profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Tumanning markaziy o‘yingohida o‘rnatilgan Yangi yil archasi oldida favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda to‘g‘ri harakat qilish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar tashkil etildi. Shuningdek, xavfsizlik qoidalari aks ettirilgan eslatmalar tarqatildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Suv ta’minoti qamrovi 90 foizga yetkaziladi

O‘zbekistonda 2030-yilgacha aholini markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlash darajasini...

Muhim qonun loyihalari ko‘rib chiqilmoqda

Ayni vaqtda Oliy Majlis Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari...

Talaba-yoshlar giyohvandlikka qarshi kurashga chaqirildi

Yoshlar salomatligini asrash, ularni zararli odatlardan himoya qilish va...

Uchinchi Renessans g‘oyalari targ‘ib qilindi

Denov tumanidagi 82-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Uch ming...
KunTun
KunTun