Yangicha qiyofa — obod mahalla

Date:

Obod va farovon mahalla — aholi turmushi uchun yaratilayotgan qulay sharoitlarning amaliy ifodasidir. Angor tumanidagi Yuqori Xo‘jaqiya mahallasida amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari hududga ana shunday yangi qiyofa baxsh etdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 10-sentabrdagi PQ-298-son qaroriga muvofiq, mahalla “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi” mahallalar ro‘yxatiga kiritilib, bu yerda keng ko‘lamli obodonlashtirish va infratuzilma ishlari bajarildi. Jumladan, elektr ta’minoti va muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari yangilandi, ichki yo‘llar ta’mirlandi, ichimlik suvi ta’minoti yaxshilandi. Natijada mahalla aholisi uchun yanada qulay va zamonaviy sharoitlar yaratildi.

Davlat mustaqilligining 35 yilligi arafasida amalga oshirilgan ishlar tantanali ravishda foydalanishga topshirildi. Tadbirda tuman hokimi Qosim Mardonov, nuroniylar, jamoatchilik vakillari va mahalla ahli ishtirok etdi. Yuqori Xo‘jaqiyaning yangilangan qiyofasi mustaqilligimizning 35 yilligiga munosib tuhfa bo‘ldi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Surxonning betakror manzillari jurnalistlar nigohida

Turizm qo‘mitasi tomonidan Surxondaryo viloyatining turizm salohiyatini keng targ‘ib...

Maktablarda “FAST – superqahramonlar” ta’lim dasturi joriy etiladi

Yurtimizda ilk bor qabul qilingan Infarkt va insultga qarshi...

Tibbiy xizmat yaxshilanadi

Muzrabot tumanidagi Chegarachi mahallasida “Tashabbusli byudjet” dasturining birinchi mavsumi...

Xavfsizlik choralari kuchaytirildi

Surxondaryo viloyati IIB huzuridagi Qo‘riqlash xizmatida kuz-qish mavsumini xavfsiz...
KunTun
KunTun