Yangi o‘quv yili — ulkan orzular bilan boshlandi

Date:

Sho‘rchi tumanida yangi o‘quv yili o‘zgacha ko‘tarinki ruh, ezgu niyat va katta maqsadlar bilan boshlandi. Tumandagi 1-umumta‘lim maktadidagi “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirida Sho‘rchi tumani hokimi Akbarali Ishmurzoyev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning maktab o‘quvchilari, ustoz va murabbiylarga yo‘llagan bayram tabrigini o‘qib eshittirdi.

Prezidentimiz tabrigida yosh avlodning bilim olishi, zamonaviy kasb va hunarlarni egallashi, yurtimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishi uchun yaratilayotgan imkoniyatlar alohida ta’kidlandi. Xalqimiz azaldan ta’lim-tarbiya, maktab va kitob, ustoz va ilm-odobni yuksak qadrlab kelgan.

Shiddatli yangilanishlar yo‘lidan borayotgan Yangi O‘zbekistonda ham maktab ta’limi jamiyat taraqqiyotining eng muhim ustunlaridan biri sifatida e’tirof etilmoqda. Tadbirda 1-sinf o‘quvchilariga Prezident sovg‘alari topshirildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Talabalar yengil atletika bahslarida kuch sinashdi

Termiz davlat universiteti sport maydonida oliy ta’lim muassasalari talabalari...

Angorda yer usti yo‘lagi qurilmoqda

Angor tumani Yangi turmush mahallasidan o‘tuvchi Abu Iso at-Termiziy...

“Yashil belbog‘” barpo etilmoqda

Angor tumani Ilg‘or mahallasida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida...

Ishlar qanday ketmoqda?

Qumqo‘rg‘on tumanida “O‘rta shaharlarni kompleks rivojlantirish” loyihasi doirasida 11...
KunTun
KunTun