Maqbul narx va qulay sharoit

Date:

Aholiga sifatli va hamyonbop oziq-ovqat mahsulotlarini taklif etish, savdo xizmatlarini zamonaviy talablarga moslashtirish borasidagi ishlar Sherobod tumanida ham izchil davom etmoqda. Tumanning markaziy bozorida aholiga qulaylik yaratishga mo‘ljallangan zamonaviy go‘sht do‘konlari foydalanishga topshirildi. Savdo nuqtalarida mahsulotlarni sanitariya-gigiyena talablariga rioya qilgan holda saqlash va sotish, xaridorlarga sifatli xizmat ko‘rsatish uchun zarur sharoitlar yaratilgan.

Mustaqillik bayrami munosabati bilan tashkil etilgan go‘sht mahsulotlari yarmarkasida ayni kunlarda mol go‘shti 90 ming so‘mdan, qo‘y go‘shti esa 110 ming so‘mdan sotilmoqda. Bunday savdo yarmarkalari aholining kundalik ehtiyojlarini maqbul narxlarda ta’minlash, bozorlarda narxlar barqarorligini saqlash va bayram kunlari dasturxonlar fayzini oshirishga xizmat qilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Talabalar yengil atletika bahslarida kuch sinashdi

Termiz davlat universiteti sport maydonida oliy ta’lim muassasalari talabalari...

Angorda yer usti yo‘lagi qurilmoqda

Angor tumani Yangi turmush mahallasidan o‘tuvchi Abu Iso at-Termiziy...

“Yashil belbog‘” barpo etilmoqda

Angor tumani Ilg‘or mahallasida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida...

Ishlar qanday ketmoqda?

Qumqo‘rg‘on tumanida “O‘rta shaharlarni kompleks rivojlantirish” loyihasi doirasida 11...
KunTun
KunTun