Ilg‘or tajribalar bilan tanishildi

Date:

Termiz iqtisodiyot va servis universitetida viloyatdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlari, metodistlari hamda tarbiyachilari uchun o‘quv-amaliy seminar tashkil etildi. Seminar davomida “Zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llashda tarbiyachining roli” hamda “Bolalarda nutq va muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirishda tarbiyachining faoliyati” mavzulari bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar va mahorat darslari o‘tkazildi.

Mazkur tadbirda 2 mingga yaqin pedagog xodim ishtirok etib, zamonaviy ta’lim metodikalari, innovatsion yondashuvlar hamda bolalar bilan samarali ishlashning ilg‘or tajribalari bilan tanishdilar.

Seminar ishtirokchilari universitetning zamonaviy o‘quv binolari, laboratoriyalari, axborot-resurs markazi hamda talaba-yoshlarga yaratilgan qulay sharoitlar bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ldilar.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun