Mojaro yechim topdi

Date:

Sho‘rchi tumani hokimi Akbarali Ishmurzoyev boshchiligidagi ishchi guruh vakillari tomonidan “Egarchi” mahallasida yashovchi fuqarolarning yo‘ldan foydalanish va tomorqalarni sug‘orish uchun suvni adolatli taqsimlash masalalari bilan bog‘liq murojaati o‘rganildi.

Har bir tomonning fikri tinglanib, ularning manfaatlari inobatga olindi. Mutasaddilar tomonidan amaldagi tartib-qoidalar asosida tushuntirishlar berildi va o‘zaro kelishuvga erishish uchun zarur choralar ko‘rildi.

Natijada, yo‘ldan foydalanish va suv taqsimoti bo‘yicha kelishuvga erishilib, mojaro bartaraf etildi. Muhimi, qo‘shnilar o‘rtasidagi munosabatlar tiklanib, o‘zaro hurmat va hamjihatlik muhiti yana qaror topdi.

Bunday manzilli ishlar aholi murojaatlariga tezkor va samarali yechim topish, jamiyatda ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash hamda mahallalarda tinch va osoyishta muhitni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Inspektor xizmat xonasida bo‘lmasa

Fuqarolar mahalladagi profilaktika inspektori xizmat xonasida bo‘lmagan vaqtda ham...

Ayollar uchun yangi daromad manbayi

Xotin-qizlar bandligini ta’minlashda ularning mavjud imkoniyatlari va qiziqishlariga mos...

Iste’dod va imkoniyatlar namoyishi

Insonning imkoniyatlarini namoyon etishi uchun unga sharoit va qo‘llab-quvvatlash...

Har bir bola oilada ulg‘ayishi uchun

Bola uchun eng yaxshi muhit — oila bag‘ri. Biroq...
KunTun
KunTun